“Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini oʻtin yorishga sarflash kerak emas”, degan edi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor. Darhaqiqat, soʻzga qadimdan eng qudratli kuch deb qaraladi. Shu sababdan odamlar hamisha notiqlarga ehtiyoj sezgan, ularga ergashgan, ulardan oʻrgangan. Yoshlarni ana shunday fikran boy, maʻnan yetuk inson boʻlishlari, ajdodlar yodi haqida boxabar […]
BatafsilYangiliklar
Kursantlar yangi oʻquv yilini yuqori kayfiyatda boshladi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Davlat madhiyasi sadolari ostida davlat bayrogʻi koʻklarda hilpiradi. Tadbirni akademiya boshligʻi polkovnik Bobur Shayakubov ochib berar ekan, eski oʻquv yilida erishilgan yutuq va kamchiliklar, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan muhim vazifalar haqida qisqacha […]
Batafsil“Tinchlik navosi” xalqaro festivali oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Qurolli Kuchlar akademiyasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar harbiy orkestrlarining poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan “Tinchlik navosi” xalqaro festivali oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchi davlatlar vakillari hamda ommaviy axborot vakillari qatnashdi. Anjumanni boshqargan Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Hasan Halilov yigʻilish qatnashchilarini festival rejasi bilan […]
Batafsil“Mard askarga sovgʻa” mard oʻgʻlonlarimizga chinakam tuhfa boʻldi
“Alpomish” dostonida Barchin alplarga: “yoy tortishsa yoyi sinmay qolganga, Men tegaman, shu yoyandoz polvonga”, “ming qadamdan tanga pulni urganga, men tegaman shul qarchigʻay merganga” deya bejiz shart qoʻymagan edi. Chunki bunday fazilatlarga hayotning past-balandini koʻrgan, maʼnan va jismonan chiniqqan, sinovlardan toblangan kishigina ega boʻladi. Bugun chin vatanparvarlikni madh etuvchi, sadoqat […]
BatafsilO‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Qirg‘iz Respublikasi harbiy delegatsiyasini qabul qildi
Mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Erlis Terdikbayev Mudofaa vazirligida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov bilan uchrashdi. Shundan so‘ng faxriy mehmonlar general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurishdi. Akademiya boshlig‘i […]
BatafsilBangladesh delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari yuqori saviyada o‘tmoqda
Mamlakatimizda bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy mudofaa kolleji delegatsiyasi bugun Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati va ta’lim jarayoni bilan tanishishdi. Rejaga muvofiq mehmonlarga Qurolli Kuchlar Akademiyasi tarixi, bugungi faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Delegatsiya vakillari ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasining harbiy kadrlar tayyorlash salohiyatini yuqori baholar ekan, […]
BatafsilHarbiy ta’lim borasida hamkorlik doirasi kengaymoqda
Milliy armiyamiz safiga ofitser kadrlar tayyorlab berish va ularning kasbiy mahoratini oshirish borasida Qurolli Kuchlar akademiyasi o‘z uslubi hamda amaliyotiga ega oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Qurolli Kuchlar Akademiyasida tahsil olayotgan kuch tuzilmalari ofitserlari va kursantlar uchun milliy ta’lim tizimidan tashqari xorijiy davlatlar armiyalari tajribalarini ham o‘rganish imkoniyati mavjud. Akademiyada […]
BatafsilDoʻstona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida
1930-yil hind Milliy kongressi qabul qilgan qarorga koʻra 26-yanvar Hindiston kuni sifatida nishonlab kelinadi va bu bayram Hindistonning uchta milliy bayrami (Mustaqillik kuni, Hindiston kuni, Gandi kuni)dan biri sanaladi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Hindiston elchixonasi va hind madaniyat markazi ushbu bayramni har yili Oʻzbekistonda ham oʻziga xos tantanalar bilan oʻtkazib […]
Batafsil