Bilim yurtining tashkil etilishi. Bilim yurti Sovet hukumatining shakllanishi va urushdan oldingi davrda (1918 – 1941-yillar)
1918-yil 4-may kuni RSFSR Sovet xalq komissarlarining avtonom respublikasiga “Turkiston harbiy okrugi nomining ta’sis etilishi to‘g‘risida” dekreti imzolandi. O‘sha kezlarda Turkistondagi siyosiy va harbiy vaziyat favqulodda murakkab bo‘lganligi bois, yosh Turkiston Sovet Respublikasiga bir vaqtning o‘zida ham tashqi va ham ichki dushmanlar bilan shiddatli qurolli kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Qo‘shinlarni tashkil etilishida ko‘plab jiddiy muammolar mavjud bo‘lganligi uchun ular barcha turdagi ta’minotda yetishmovchiliklarga duch kelishgan. Ayniqsa, malakali harbiy qo‘mondonlik kadrlarning yetishmasligi sababli qo‘mondonlik kurslarini tashkil etish qarori qabul qilindi. Turkiston Sovet Respublikasi Harbiy Komissariatining 1918-yil 12-iyuldagi 456-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Turkiston Sovet qo‘mondonlik kurslarini tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi.
TOSHKENT OLIY UMUMQOʻSHIN QOʻMONDONLIK BILIM YURTINING RASMIY TASHKIL TOPGAN KUNI. TURKISTON SOVET QOʻMONDONLIK KURSLARI ROSSIYA IMPERATORLIGI TOSHKENT HARBIY BILIM YURTINING BIRINCHI JAHON URUSHI ARAFASIDA PARKENT KOʻCHASIDA QAD KOʻTARGAN OʻQUV BAZASI VA UY-JOY KAZARMA FONDI BINOLARIDA JOYLASHTIRILDI