AKADEMIYANING ASOSIY VAZIFASI- QO'SHINLAR BOSHQARUVNING BARCHA BO'G'INLARIDA YUQORI MALAKALI OFITSER KADRLARGA BO'LGAN EHTIYOJNI TA'MINLASH
Milliy armiyani isloh qilishning eng muhim vazifalaridan biri — zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori harbiy-professional va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, tahliliy fikrlaydigan va harbiy holatlarni zo’r mahorat va samarali boshqarishga qodir qo’mondonlik qobiliyatiga ega bo’lgan va zudlik bilan vaziyatning murakkab sharoitlarida nostandart qarorlarni qabul qiladigan ofitser kadrlar tayyorlashning uzluksiz harbiy ta’lim tizimini yaratishdan iborat.
Urushning noan’anaviy shakllari va usullari, yuzaga keladigan tahdid va chaqiriqlarga o’z vaqtida va yetarli darajada javob berish zaruriyati Qurolli Kuchlar Akademiyasini tubdan o’zgartish bo’yicha choralar ko’rish dolzarbligini taqozo etmoqda.
Previous
Next
2017-yilda Toshkent oliy umumqo’shin qo‘mondonlik bilim yurtining muqaddas harbiy an’analariga, o‘sha yillarda faoliyat yuritayotgan Qurolli Kuchlar Akademiyasi va mamlakatimizdagi boshqa yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarini qat’iy, ishonchli va samarali tajribalariga tayangan holda yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil qilindi.
Bugungi kunda akademiya harbiy ta’lim tizimida yetakchi o‘rinni egallagan yagona harbiy ta’lim markazidir.