
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni
Shavkat Mirziyoyev

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HARBIY HAVFSIZLIK VA MUDOFAA UNIVERSITETI Yetakchi oliy harbiy ta'lim muassasasi, harbiy fanlar va pedagog kadrlarni uslubiy tayyorlaydigan markazdir
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi farmoniga muvofiq avvalgi harbiy ta’lim muassasasi – Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti negizida o‘zining ulug‘vor harbiy an’analarini saqlab, 1994-yilda tashkil topgan birinchi Qurolli Kuchlar Akademiyasi va mamlakatimizning boshqa yetakchi ilmiy-o‘quv muassasalari tajribalarini o‘zida mujassam etgan holda tashkil topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29 iyuldagi 235m-sonli qaroriga asosan Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Bu o’quv maskani Toshkent shahrida joylashgan. Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga o‘tkazildi. Bu markazlashgan vertikal tizimni hosil qilib, qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

