Mamlakatimizda bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy mudofaa kolleji delegatsiyasi bugun Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati va ta’lim jarayoni bilan tanishishdi.

Rejaga muvofiq mehmonlarga Qurolli Kuchlar Akademiyasi tarixi, bugungi faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Delegatsiya vakillari ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasining harbiy kadrlar tayyorlash salohiyatini yuqori baholar ekan, ofitserlar tayyorlash borasidagi yangicha tizim joriy qilinganligi, o‘ziga xos ta’lim strukturasi yaratilganligini, qolaversa muzeydagi zamonaviy yondashuvlarni alohida e’tirof etishdi.

Uchrashuv davomida Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan “O‘zbekistonning bugungi tashqi siyosati” mavzusida brifing tashkillashtirilib, mehmonlarga O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yetkazildi. Shu bilan bir qatorda, ikki mamlakat mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikrlar almashildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, delegatsiya vakillarini Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish ham ko‘zda tutilgan.

nocomments