BIRINCHI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI (1994 - 2017-yillar)

  Akademiyaning asosiy vazifalari boshqaruvning taktik va operativ-taktik bo‘g‘inlari ofitserlari tarkibini tayyorlash, Qurolli Kuchlar rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mudofaa qurilishida olib boriladigan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish va ishlab chiqish, mamlakatda harbiy ta’lim sifat-samaradorligini oshirishdan iboratdir.

      Tinglovchilarni o‘qitishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari manfaatlariga javob beruvchi tajribaga ega bo‘lgan mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda xorijiy mamlakatlarning tadqiqot markazlari ekspert va mutaxassislari jalb qilinmoqda.
     

     Akademiyada harbiy sohada milliy xavfsizlikka tahdid va xurujlarni, zamonaviy urushlar va harbiy mojarolarning o‘ziga xos xususiyatlarini, mudofaa qurilishining xorijiy tajribasini chuqur o‘rganishga, shu asosda o’quv, ilmiy-uslubiy adabiyotlar va axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashga, tinglovchilarning harbiy-ilmiy jamiyati faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan tizimli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

 

Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshliqlari (1994-2017)