MALAKA OSHIRISH FAKULTETI

Operativ-taktik va taktik boshqaruv bo‘g‘ini ofitser kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan

FAKULTЕTINING ASOSIY VAZIFALARI:

Ofitserlarning egallagan lavozimida zarur bo‘ladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish

Qo‘shinlardagi tegishli lavozimlarda xizmat o‘tayotgan ofitserlarga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning zamonaviy mexanizmlarini yetkazish va ularning pedagogik mahoratini oshirish

Ofitserlarni tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini, moslashuvchanlik, notiqlik, liderlik, tahlil hamda qaror qabul qilish kabi jihatlarini yuksaltirish

Ofitserlarning xizmat o‘tayotgan mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyatini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruvga dasturiy taʼminotni tatbiq etish

-belgilangan muddatda magistr darajasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarida (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,  Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya) xizmat o‘tayotgan yuqori bo‘g‘inli ofitser va generallar o‘qitiladi.

HARBIY XAVFSIZLIK VA DAVLAT MUDOFAASI FAKULTETI

-taktik bo‘g‘in ofitserlari (batalyon komandiri, batalyon komandirlarining o‘rinbosarlari va ularga tenglashtirilganlar);

-operativ-taktik bo‘g‘in ofitserlari (harbiy okrug va qismlar boshqarmalari ofitserlari va ularga tenglashtirilganlar).

MALAKA OSHIRISH FAKULTETI

– safarbarlik sohasi ofitserlari (Tuman, shahar Mudofaa ishlar bo‘limi va harbiy qism safarbarlik bo‘linmasi boshliqlari).

MALAKA OSHIRISH FAKULTETI

-razvedka va maxsus operatsiya kuchlari ofitserlari (razvedka va maxsus operatsiya kuchlari  bo‘linmalari komandirining o‘rinbosarlari, razvedka boshliqlari);

-tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari (batalyon komandirlarining TvaMIBO‘lari harbiy okrug va qismlarning ofitserlari hamda ularga tenglashtirilganlar);

-oziq-ovqat xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar oziq-ovqat xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);

-kiyim-kechak xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar kiyim-kechak xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);

-yoqilg‘i-moylash xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar yoqilg‘i-moylash maxsulotlari xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);

-muhandislik qo‘shinlari xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar muhandislik xizmati boshlig‘i, muhandislik texnik otryadlari komandirlari va o‘rinbosarlari);

-radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza qo‘shinlari xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar, batalyonlar va ularga tenglashtirilgan RKBM ofitserlari).

MALAKA OSHIRISH FAKULTETI