Akademiya oshxonasi taomlarning xilma-xilligi, ularni tayyorlash va pishirish sifati bilan har qanday xo‘randani, mijozni xursand qilishi mumkin. Bu yerda siz nafaqat milliy taomlarni, balki boshqa millat taomlarini ham tatib ko‘rishingiz mumkin.
     Kursantlarning ovqatlanishi asosiy oziq-ovqat va biologik faol moddalarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini e’tiborga olib, o‘sayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
     Kursantning ratsioniga go‘sht (mol, qo‘y, tovuq, baliq), kolbasa mahsulotlari, yorma (guruch, bug‘doy, arpa, grechka, jo‘xori), sut mahsulotlari (sariyog‘, qatiq, sut), makaron va non mahsulotlari, sabzavotlar, yangi mevalar, asal, shakar, choy, sharbatlar, kakao, qahva kabilar kiradi.
     Taomlar uzatilishi har xil bo‘lib, – ertalab kursantlar bo‘tqa, kechqurun esa ovqat hazm qilish uchun sabzavotli yengil ovqatlar tanavvul qiladilar. Kundalik ovqatlanish kaloriyasi miqdori 4000 Kkal dan ortiq.

avs

Oshxona

Stadion

Suzish havzasi

Sport majmuasi

Poliklinika

Bаdiiy vа elektron kutubxonаlаr

Kursantlar yotoqxonasi

O’quv sinflari