O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari qatori harbiy mutaxassisliklar tayyorlovchi oliy harbiy ta’lim muassassalariga ham turli harbiy yo‘nalishlardagi yuqori malakali, yuksak salohiyatli harbiy kadrlar tayyorlashdek dolzarb vazifa yuklatildi.
1991-1993-yillarda bilim yurtida “Motoo‘qchi qo‘shinlari taktik-qo‘mondonligi” ixtisosligi bo‘yicha ofitserlarni tayyorlashni davom ettirish bilan birga bo’lg’usi ofitserlarni turli yo’nalishlarda o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rildi.
XX asr oxirida 134-bitiruv kursantlari birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish uchun qasamyod qabul qildilar. Bilim yurti ofitserlari va kursantlari bir necha bor O‘rta Osiyo harbiy harakatlar teatridagi vaziyatlarda jangovar vazifalarni bajarish uchun jalb qilingan.
Mustaqillik yillarida yangi kafedralar tashkil etildi, bilim yurtidagi barcha inshootlar, o‘quv mashg‘uloti binolari va o‘quv-moddiy bazasi qayta ta’mirlandi, bilim yurti yangicha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Toshkent oliy umummqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti Respublika Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi harbiy ta’lim muassasasi” nomiga bir necha bor sazovor bo‘lgan.
Harbiy mutaxassislarni tayyorlashning ko’p tarmoqli tizimiga o’tish
Bilim yurti kursantlarni quyidagi harbiy mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlashni boshladi:
– motoo’qchi bo’linmalarining komandirlari;
– razvedka bo’linmalarining komandirlari;
– artilleriya bo’linmalarining komandirlari;
– shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha bo’linma komandirining o’rinbosarlari.
Harbiy mutaxassislarni tayyorlashning ko’p tarmoqli tizimiga o’tish
Bilim yurti kursantlarni quyidagi harbiy mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlashni boshladi:
– motoo’qchi bo’linmalarining komandirlari;
– razvedka bo’linmalarining komandirlari;
– artilleriya bo’linmalarining komandirlari;
– shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha bo’linma komandirining o’rinbosarlari.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilishi
1-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
Respublika hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, harbiy ta’lim muassasalari, tashkilotlar, Idoralar va boshqa harbiy qurolli tuzilmalar davlat tasarrufiga o’tkazildi
Harbiy Qasamyod matni va uni qabul qilish tartibi tasdiqlandi, «Mudofaa to’g’risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida» qonunlar qabul qilindi
Qizil Bayroqli Qizil yulduz ordenli V. I. Lenin nomidagi Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (TOUQBYu) deb yuritila boshladi
Mudofaa vaziri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan
Toshkent OUQBYUga Jangovar Bayroq taqdim etdi
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, harbiy ta’lim beruvchi yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasi sifatida, turli xil davrlarni boshidan kechirgan (ko‘p asrlik tarixi davomida bilim yurtining nomi 18 marta o‘zgartirilgan), ularning har birini o‘z taraqqiyoti, o‘zining eng yuqori rivojlanish cho‘qqisi mavjud bo‘lgan. Aynan shu maskan, aynan mana shu dargoh o‘z davrining qahramonlarini yetishtirib bergan.
MINGLAB OFITSERLAR DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANDILAR
Toshkent OUQBYu bitiruvchilari deyarli barcha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan va xizmat qilmoqdalar, ko’plari jangovar harakatlar, antiterror operatsiyalarida qatnashganlar va harbiy ishlar bo’yicha malakali mutaxassislar sifatida tanilganlar.
Bilim yurtining 20dan ortiq bitiruvchlari MDH mamlakatlaridagi harbiy idoralarni boshqargan
0
QAHRAMONLAR
>
0
GENERALLAR
0
BITIRUVLAR