Bilim yurti Ikkinchi jahon urushi yillarida. Bilim yurti bitiruvchilarining fashizm ustidan gʻalabaga qoʼshgan hissasi (1941-1945-yillar)
1941-yil 22-iyunda Germaniyaning fashist qo‘shinlari xoinlik bilan Sovet Ittifoqi chegaralariga bostirib kirdilar. Sovet xalqining nemis-fashist bosqinchilariga qarshi urushi boshlandi.
Lenin nomidagi Toshkent piyodalar bilim yurti frontga yuborilayotgan ofitserlar tarkibini to‘ldirish, bo‘linmalarni shakllantirish, alohida o‘qotar brigadalar tuzish va qo‘mondon kadrlarni jadal tayyorlash markazi bo‘lgan.
1941-yil iyun oyida o‘quv dasturi bo‘yicha leytenantlarning urushdan oldingi navbatdagi bitiruvi bo‘lib o‘tdi. Bilim yurtini tashkil topgan paytdan boshlab 1941-yilgacha bir necha ming piyodalar komandirlari, otliq askarlar, artilleriyachilar va o‘rta darajadagi siyosiy xodimlar tamomladi.
Bu piyodalar komandirlarining birinchi harbiy bitiruvi edi. Doimiy shtatdagi ofitserlar hamrohligida bitiruvchilar guruhlari o‘qchi qismlarni to‘ldirish uchun frontga ketdilar.Ularning ko‘pchiligi 1941-yil iyun-iyul oylarida 310-,312- (196 kishi), 314- (196 kishi) va 316-o‘qchilar bo‘linmalariga turli rahbarlik lavozimlariga yuborilgan. Harbiy qismlar va tuzilmalar yosh ofitserlardan tashqari yana jangovar bo‘linmalar ofitserlari – bilim yurti komandirlari va o‘qituvchilari bilan to‘ldirildi.
1941-yil oktabr-noyabr oylarida O‘rta Osiyo harbiy okrugida ularni Moskva yaqinidagi shiddatli janglarga jo‘natish uchun bilim yurtidan 34- va 35-alohida kursantlar brigadalari tuzildi.
Bilim yurti tezkor olti oylik ofitserlar tayyorlash dasturiga muvofiq, urushning dastlabki davrida armiya uchun olti mingdan ziyod ofitser kadrlarni tayyorladi, shu jumladan 1941-yil oktabr oyida tank qo‘shinlari uchun bir guruh ofitserlarni hamda milliy kavaleriya qismlari uchun mahalliy millat vakillaridan bir guruh ofitserlarni tayyorladi.
Umuman olganda, 1941-1945 fashizmga qarshi urush yillarida bilim yurtida 25 marta bitiruv o‘tkazilib, 8 mingdan ziyod ofitser kadrlar tayyorlab berildi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan oldingi davrgacha bo‘lgan qahramonliklar uchun bilim yurtinining minglab kursantlari va bitiruvchilari orden va medallar bilan taqdirlanganlar.
Bilim yurtini 50 dan ortiq bitiruvchilari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga sazovor bo‘lganlar, ularning ko‘plariga unvonlar vafotidan keyin berilgan.
-
-
-
-
-
-
-
1943-yil 30-avgustda bilim yurti Qizil Armiya qo‘mondonligi tarkibini tayyorlashda va Vatan uchun janglarda bevosita ishtirokida erishgan ulkan yutuqlari uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlandi.
0
QAHRAMONLAR
Alekseychuk Timofey Danilovich
Azimov Ruzi Azimovich
Baksov Aleksey Ivanovich
Baranov Viktor Kirilovich
Bayramov Muki
Bilyutin Kondratiy Vasilevich
Veshev Pyotr Yevgenevich
Djumaboyev Tashmamat
Dryomin Dmitriy Feoktistovich
Durdiyev Kochkar Axmedovich
Fayazov Mixail Giyasovich
Felzenshteyn Milya Lazarevich
Golubkov Aleksey Konstantinovich
Grajdankin Viktor Ivanovich
Gubin Konstantin Yakovlevich
Xakimov O'razberdi
Xarlamov Vasiliy Maksimovich
Ignatev Vladimir Mitrofanovich
Ivanovskiy Boris Andreyevich
Kalashnikov Nikolay Semyonovich
Karpov Vladimir Vasilevich
Kiselyov Sergey Semyonovich
Korsun Nikolay Nesterovich
Koveshnikov Dmitriy Stepanovich
Kovtunov Georgiy Nikitovich
Kondrates Ivan Yakovlevich
Kolchak Nikolay Nikolayevich
Krikun Vasiliy Gavrilovich
Kulakov Teodor Sergeyevich
Luchinskiy Aleksandr Aleksandrovich
Lyashenko Nikolay Grigorevich
Makovetskiy Fyodor Yefremovich
Malyasov Viktor Aleksandrovich
Miroshnik Andrey Stepanovich
Myasnikov Aleksandr Sergeyevich
Novikov Nikolay Mixaylovich
Novikov Vasiliy Korneyevich
Onopriyenko Nikolay Nikolayevich
Ortinskiy Nikolay Ignatevich
Parsegov Mixail Artemevich
Petrochenko Vasiliy Grigorevich
Ponomaryov Pavel Sergeyevich
Rjevskiy Pavel Maksimovich
Salixov Gataulla Salixovich
Solomatin Aleksandr Ivanovich
Sapojnikov Mixail Grigorevich
Sbitnev Andrey Aleksandrovich
Seredin Fyodor Yakovlevich
Trushin Vasiliy Prokofevich
Tulinsev Aleksandr Semenovich
Zabrodin Nikolay Fyodorovich
Zaykovskiy Nikolay Vasilevich
Zolotuxin Mixail Afanasevich
Zverev Georgiy Yefimovich
Shadin Vasiliy Filippovich
Shaxovsev Mixail Andreyevich
Shibayev Mixail Petrovich
Shkulepov Aleksey Panteleyevich
Shlyapin Gennadiy Fadeyevich
Yakubovskiy Izrail Semyonovich
