Dastlab, harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan qo‘shinlarga yo‘llagan murojaati oʻqib eshittirildi.
Soʻzga chiqqanlar tomonidan yangi o‘quv yilida qoʻyilayotgan talablarni sifatli bajarilishi uchun harbiy xizmatchilarga katta ishonch bildirildi.


Bundan tashqari o‘quv yili davomida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishga, harbiy texnika va qurol-aslahalarni mohirona boshqarishni oʻrganib, ularni shay va soz holatda ushlab turishga, turli vaziyatlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilish koʻnikmasini oshirishga chaqirildi. Shuningdek Qurolli kuchlarimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar, qabul tartiblari hamda davlat tomonidan joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirda barcha harbiy xizmatchilar va tinglovchilar yangi o‘quv yili munosabati bilan samimiy qutlandi.
Shu bilan birga, intizom, fidoyilik va Vatanga sadoqat har bir harbiy xizmatchining ajralmas fazilati ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shundan so‘ng yangi o‘quv yilining dastlabki mashg‘ulotlari universitet rahbariyati boshchiligida yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazildi.

nocomments