O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi=

Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-pedagogik salohiyatni yanada oshirish, shuningdek, zamonaviy harbiy ta’lim va xavfsizlik yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, pedagogik-psixologik yondashuvlarni rivojlantirish, shuningdek, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Muloqot chog‘ida professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va kursantlar ishtirokida hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar hamda ishchi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda dunyoda ro‘y berayotgan qurolli mojarolar tajribasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish, xorijiy davlatlardagi harbiy qurilish jarayonlari hamda qurolli kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy asosda tahlil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Tomonlar, bundan tashqari, o‘quv moddiy-texnik bazasi resurslari va mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, o‘zaro tajriba almashish, masofaviy ta’lim tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, barcha toifadagi shaxsiy tarkib bilan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ham aniq kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Chirchiq davlat pedagogika universitetida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati

nocomments