Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining 4-bosqich kursantlari, Bosh shtab fakulteti tinglovchilari hamda Milliy iftixor va harbiy vatanparvarlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ajdodlar merosi — yosh harbiylar nigohida Ajdodlar merosi — yosh harbiylar nigohida

Tadbir davomida ishtirokchilar mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani va boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, asrab-avaylash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblangan markaz faoliyati bilan batafsil tanishdi.

Xususan, markaz ekspozitsiyalarida namoyish etilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar, noyob tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar hamda nodir eksponatlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir jarayonida buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, ularning ilmiy merosi va boy ma’naviy qarashlari keng yoritildi. Shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati, ularning bugungi globallashuv sharoitidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar harbiy xizmatchilarni nafaqat professional jihatdan yetuk, balki yuksak ma’naviyatli, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati

nocomments