Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida bir vaqtlar shu dargohda tahsil olgan generallar mehmon sifatida qabul qilindi. Jumladan, institutning sobiq bitiruvchilari — generallar va ofitserlar yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda ta’lim jarayonidagi yangiliklarga guvoh bo‘lish maqsadida harbiy ta’lim muassasasiga tashrif buyurishdi.
Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi
Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi
Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida tarix va bugun yuzlashdi

Mehmonlar institut infratuzilmasi va oʻquv-moddiy bazasi bilan tanishib, yangi tashkil etilgan “Shon-sharaf” monumenti, “Raqamli poligon”, “Mafkuraviy poligon” hamda zamonaviy sinfxonalarni ko‘zdan kechirishdi va amalga oshirilgan oʻzgarishlarga yuqori baho berishdi.

Shuningdek, ular oʻquv binolari, auditoriyalar, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan mashgʻulot xonalari hamda kursantlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar bilan tanishib, bugungi kunda Qurolli Kuchlar tarkibini har tomonlama yetuk va malakali ofitser kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, mudofaa qurilishi sohasida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etishdi.

Haqiqatan ham, mazkur oliygohda yosh ofitserlarni har jihatdan professional tayyorlash, qo‘shinlarda xizmat o‘tayotgan ofitserlarning malakasini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu vazifalarni bajarish maqsadida ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilib, o‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari hamda kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan.

Tarix va bugunni yuzlashtirgan ushbu tadbir davomida bilim yurti rahbari hamda mudofaa sohasida uzoq yillar rahbar sifatida faoliyat yuritgan tajribali faxriylar mashgʻulot rahbarlari va tinglovchilar bilan jonli muloqot olib borib, oʻz taklif va tavsiyalarini bildirishdi.
Uzoq yillar davomida Vatan mudofaasi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan generallar bilan bevosita suhbatlashish men uchun katta sharaf bo‘ldi deydi – 4-bosqich kursanti Diyorbek Shoyiqulov. Suhbat jarayonida ularning hayotiy va harbiy tajribalariga asoslangan fikr-mulohazalari, bergan tavsiyalari yanada ko‘proq bilim olishga, o‘z ustimda tinimsiz ishlashga va kelajakda yurtimizga munosib ofitser bo‘lib xizmat qilishga undadi.

Yakunda mehmonlar va kursantlar ishtirokida tashkil etilgan samimiy muloqotda bugungi kursantlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, harbiy kasbga sadoqati va yuksak intizomidan mamnun ekanliklari ta’kidlandi. Shuningdek, harbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oʻquv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilayotgani kelajakda malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar kursantlarga qimmatli tavsiyalar berib, ularni kelgusidagi xizmat faoliyatida mas’uliyat, fidoyilik va vatanparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga da’vat etishdi.

Mazkur uchrashuv kursantlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ularni yanada yuqori natijalarga erishish yo‘lida ilhomlantirdi.

nocomments