Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mudofaa vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilib, unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 13-yanvarda o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalarga qaratildi.
Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l
Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l Muddatli harbiy xizmat — yoshlar uchun muvaffaqiyatli yo‘l

Uchrashuvda mudofaa vaziri o‘rinbosari, viloyat hokimi, jamoatchilik kengashi a’zolari, kursantlar, askarlar, ofitserlar, nuroniylar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab ishtirokchilar institutda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan, kasb-hunar o‘rgatish ustaxonalari, chet tillari va sun’iy intelekt  sinflari faoliyati bilan tanishdi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining topshiriqlariga ko‘ra, endilikda muddatli harbiy xizmat  faqat jismoniy va harbiy tayyorgarlik emas, balki yoshlarimiz jamiyatda mustahkam o‘rnini topishi uchun ularni mehnat bozoriga va mustaqil kasbga tayyorlash bosqichi sifatida tashkil etiladi. Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi bo‘lib chiqishi bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Harbiy qismlardagi asosiy yo‘nalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha 3—6 oylik dasturlar ishlab chiqilyapti. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi.

Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sun’iy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida o‘qitiladi. Askarlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy qismning o‘zida oliygohga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda o‘qishini boshlaydi.

Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontrakt asosida o‘qishga kirsa, foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatini yakunlab qaytgan yigitlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ham alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning kredit xarajatini 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi, davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti joriy qilinadi. Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarga kasbni egallash va sertifikat olish xarajatlari to‘lab beriladi.

Muloqot davomida viloyatdagi harbiy qismlar hamda texnikumlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb etgan holda hunarli, bilimli va yuksak salohiyatga ega askarlarni tarbiyalash, shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tayotgan, yuksak mas’uliyat va sadoqat namunasini ko‘rsatayotgan askarlar munosib taqdirlandi.

nocomments