Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun qulayliklar yaratish maqsadida hamda bayramni yuqori kayfiyatda kutib olishlari arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka bayram arafasida harbiylarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish, ularning kayfiyatini yanada koʻtarish hamda bayram dasturxonini munosib bezashga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazildi.
Yarmarka doirasida savdo rastalarida goʻsht va goʻsht mahsulotlari, turli xil hoʻl mevalar, poliz ekinlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari hamda kundalik isteʼmol uchun zarur boʻlgan bir nechta turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxlaridan arzonlashtirilgan holda taklif etildi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan iliq kutib olingan mazkur savdo yarmarkasi bayramona ruhda oʻtib, ishtirokchilarga qulaylik va xursandchilik ulashdi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati
