O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining professional salohiyatini mustahkamlash, komandirlik malakasini yanada yuksaltirish hamda zamonaviy harbiy fikrlash tizimini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugda faoliyat yuritayotgan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug fakultetida navbatdagi bitiruv marosimi tantanali ruhda o‘tkazildi. O‘quv yig‘inlarida komandir lavozimidagi ofitser va serjantlar o‘z kasbiy ko‘nikmalarini chuqurlashtirdilar, jangovar boshqaruv, qo‘shilmalarda yetakchilik, muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, harbiy intizomni ta’minlash kabi bir qator dolzarb yo‘nalishlarda malaka oshirdilar. Har bir mashg‘ulot, har bir amaliy topshiriq, har bir strategik tahlil ularda zamonaviy komandir sifatida zarur bo‘lgan qat’iyat, yangicha yondashuv va harbiy tafakkurni shakllantirdi.
 
 
 

Tantanali marosimda bitiruvchilar Vatanga sadoqat qasamyodini yana bir bor qalblarida mustahkamlashdi. Ularning bugungi yutuqlari O‘zbekistonning harbiy tizimini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Shu bilan birga, har bir bitiruvchi ofitser va serjantga kelajak faoliyatida matonat, jasorat, intellektual sobitlik va doimiy izlanish tilandi. Yig‘in yakunida bitiruvchilarga sertifikatlar hamda UUA yo‘nalishida maxsus o‘quv qo‘llanmalari topshirildi. Bu qo‘llanmalar – harbiy xizmatchining qo‘lida qurol kabi ahamiyatli, ular uchun yo‘l-yo‘riq kabi zarur, har bir komandir uchun bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular harbiy boshqaruvning ilmiy asoslarini mustahkamlaydi, jangovar shaylikni oshiradi va ofitserlar faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Bugun sertifikat olgan har bir ofitser va serjant Vatanga xizmat qilish yo‘lida yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Ularning har bir O‘zbekiston bayrog‘i hilpirab turgan maskanni himoya qilishga, xalq tinchligini asrashga, davlat mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

nocomments