Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamiz saflarini mard va jasur o‘g‘lonlar bilan to‘ldirish maqsadida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida Shayhontohur tumanidagi 19-maktab hamda Yuqori Chirchiq tumanidagi 38-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida ertamiz egalari universitet faoliyati, kursantlarning o‘quv-tarbiya jarayoni hamda kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar jangovar texnikalar va o‘qotar qurollar trenajyor komplekslarida bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Jarayon davomida mutaxassislar tomonidan harbiy texnikalarni boshqarish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati

nocomments