O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari hamda talabalari o‘rtasida “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.


Bellashuvda jami 10 ta jamoa o‘zining intellektual salohiyati, bilimdonligi va tezkor fikrlashi bilan faol ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra:
3-o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati jamoasiga;
2-o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli jamoaga;
1-o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Iftixor” jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Axborot xizmati
