Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida kasaba uyushmalari va tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kursantlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida fidokorona xizmat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

  
 
 

Bayram davomida kasaba uyushmalarining jamoada ijtimoiy himoya, birdamlik va mehnat madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni, shuningdek, tibbiyot xodimlarining inson salomatligini saqlash va harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirof etildi. Tantanali marosimda soha xodimlariga fahriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi. So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmalari va tibbiyot sohasi vakillarining jamiyatdagi ulkan mas’uliyatini ta’kidlab, ularning fidoyi mehnati va yuksak insoniy fazilatlarini ehtirom bilan tilga olishdi. Tadbir yakunida xushovoz xonandalar o‘zlarining diltortar, qalblarni rom etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga unutilmas lahzalar va bayramona kayfiyat ulashdilar.

O’zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati.

nocomments