


20-oktabrdan 4-noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Qurolli Kuchlar Bosh shtabi fakulteti Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini tayyorlash kafedrasi negizida tashkil etilgan kursda 25 nafar harbiy xizmatchilar o‘z bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirdilar. Bitiruv marosimida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar hamda navbatdagi harbiy unvonlar tantanali tarzda topshirildi.
