Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 285-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.


Tadbir davomida o‘quvchilar universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilmalar, kursantlarning xizmat sharoitlari, kundalik hayoti va intizomiy muhiti bilan tanishtirildi. Yoshlar harbiy kasbning mas’uliyatli, sharafli va g‘ururli jihatlarini chuqur his qilishdi.
Tashrif buyuruvchilar ularni nafaqat ko‘zdan kechirish, balki amaliy tarzda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu tajriba yoshlar ongida mudofaa sohasi haqidagi tasavvurlarni boyitib, Vatan mudofaasiga daxldorlik hisini kuchaytirdi.
Mazkur tadbir yosh avlodni Vatanga sadoqat, mardlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, shuningdek, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
HARBIY XAVFSIZLIK VA MUDOFAA UNIVERSITETI AXBOROT XIZMATI
