O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa Universitetida
“25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan “Yosh kursantlar ertangi qo‘mondonlar” mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda Universitet kursantlari, IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, Faxriylar, IIV huzuridagi 1-sonli akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv munozaralarga boy tarzda o‘tkazilib, unda Universitet kursantlari hamda 1-sonli akademik litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar rag‘batlantirilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. IIV qorovul qo‘shinlari harbiy оrkestri hamda ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
HARBIY XAVFSIZLIK VA MUDOFAA UNIVERSITETI AXBOROT XIZMATI
