Bugun jangda mardonavor jasorat ko‘rsatgan harbiy xizmatchi kapitan Bahrom Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish va unga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Qurolli Kuchlari akademiyasi hududida bog‘ tashkil qilindi.
Tadbirda akademiyaning harbiy xizmatchilari, faxriylar va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar, marhumning hayot yo‘li, faoliyati, vatan oldidagi muqaddas burchini katta jasorat ila himoya qilganligini taʼkidlab o‘tishdi.
Albatta, yurt tuprog‘ini g‘animlardan himoya qilish har bir er yigitning burchi sanaladi. Jonajon vatanimizning shaʼnini mardlarcha asrab-avaylagan mard o‘g‘lonlarni bugungi yoshlarimizga ibrat qilib ko‘rsatish ularda vatanparvarlik g‘oyalarini yana-da mustahkamlashga turtki bo‘lishi shubhasizdir.