Forish tumanidagi 30-son madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tomonidan  yoshlar bilan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

O‘quv-yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi vakillari, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi mas’ullari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi xodimlari, faxriy harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Elnora Ummatova, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy xizmatchisi N. Dadaboevlar so‘zga chiqishdi.

Tadbirda Jizzax gornizoni harbiy orkestri va tuman madaniyat markazi san’atkorlari ishtirokida vatanparvarlikni madh etuvchi konsert dasturi namoyish etildi hamda vatanparvarlikni aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi.

Harbiy vatanparvarlik o‘quv-yig‘ini yakunida tuman hokimligi tashakkurnoma va sovg‘alari topshirildi hamda ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi tomonidan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

nocomments