Qurolli Kuchlar akademiyasidan podpolkovnik R.Kenpeilov, mayor B.Nazarov, mayor A.Rasulov, III darajali serjantlar Sh.Subxonov hamda A.Kenjayevlar Forish tog‘ poligonida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishon uchun intensiv sinovlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tib “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishonini qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona shahrida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan boks chempionatida 63.5kg vazn toifasida jang olib borgan 4-bosqich kursantimiz Qaxxorov Javoxir Jaxondin o‘g‘li faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hamda Unversal jang sport turidan O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tomonidan “SPORT USTASI” unvoniga erishdi:

kursant  Javoxir Qaxxorov Jaxondin o‘g‘li;

kursant  Jasurbek Jumaniyozov Axtamovich.

Mudofaa vazirligi sport majmuasida o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida kursantlarimiz M.Holatov, O.Yovqochev, Sh.Sultonmurodov,  Sh.Murodovlar ishtirok etib faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritishdi hamda diplom va kubok bilan taqdirlandi.

Kuch tuzilmalarning kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Majmuaviy mashq” sport musobaqasida Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritishdi hamda diplom va Kubok bilan taqdirlandi.

Kuch tuzilmalari o‘rtasida jadidlar harakati bilimdonlari aniqlandi. Musobaqada Qurolli Kuchlar Akademiyasi «Maʼrifat» jamoasi kursantlari faxrli I-o‘rinni egalladi.

nocomments