Qon va qon mahsulotlari yetishmasligining oldini olish hamda ahvoli og‘ir bemorlarga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 25-26 oktabr kunlari Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Men donorman” shiori ostida “Qon topshir – hayot in’om et!” aksiyasi doirasida targ‘ibot hamda tashviqot ishlari olib borilib, harbiy xizmatchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda akademiya poliklinikasida qon topshirildi. Qon quyish markazi vrachi Aziza Burhonovaning ma’lum qilishicha, qon topshirish nafaqat kimgadir shifo ulashishga ko‘maklashish, balki inson salomatligini mustahkamlab, inson organizmida yangi yosh hujayralarning rivojlanishiga va turli kasalliklarga qarshi kurashishga bo‘lgan chidamlilikni ham oshiradi.

O'zbekston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments