Joiriy yilning 3-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida Bangladesh Xalq Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy Mudofaa kolleji Aviatsiya vitsa Marshali Muhammed Kamrul Islam boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Akademiya boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik M.Umarov kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari va aloqador tashkilot, hamda vazirlik-idora vakillari ishtirokida Brifing bo’lib o’tdi. Brifing davomida ikki davlat hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajribalar almashish haqida fikr mulohazalar yuritildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar Akademiya muzeyi, Axborot resurs markazi, o‘quv sinflari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunida Bangladesh Respublikasi delegatsiya a’zolari Akademiyaga taklif qilishgani uchun Akademiya rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

 

nocomments