O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida MDHga a’zo davlatlar oliy harbiy bilim yurtlari kursantlari o‘rtasida II harbiy sport o‘yinlari boshlandi. Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etmoqda.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Qodir Tursunov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga bir necha kun davom etadigan bellashuvlarda omad tiladi.

Shuningdek, MDHga a’zo davlatlarning sport qo‘mitasi raisi, qo‘mita kotibi ham sport o‘yinlari ishtirokchilariga o‘zlarini halol bellashuvlarda namoyon etish orqali g‘oliblik uchun qizg‘in kurashga chorladi.

Shundan so‘ng, akademiya faxriy qorovulining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. O‘zbek jang san’ati bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan vatanpvarlik ruhidagi kuylar, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansablining konsert dasturlari ham yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi.

nocomments