O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida 27-fevraldan kadr organlari ofitserlarining kasbiy malakasini, har tomonlama bilimlarini oshirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni kengaytirish, harbiy kadrlar bilan ishlash boʻyicha yangi usul va uslublarni oʻrganish, kadr organlari ofitserlarining xizmat faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan oʻzaro tajriba almashishga imkoniyat yaratish maqsadida uslubiy yigʻin boshlandi. 

Bugun, yig‘inning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ishtirok etib, soʻnggi yillarda mamlakatimiz qurolli kuchlarida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar hamda unda kadr organi ofitserlarining oʻrni xususida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, ma’ruzachilar tomonidan yigʻin ishtirokchilariga jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va uning oʻzgarish tendensiyalari, harbiy xavfsizlikni taʻminlashda istiqbolli harbiy kadrlar zaxirasini shakllantirishning ahamiyati, kadr organlarining jangovar shaylik darajalarida mavjud tizimli kamchiliklar va ularning yechimi haqida maʼruzalar qilindi.

– Uslubiy yigʻin kadr organi ofitserlarining tajriba, fikr almashishi va maʻlum mavzular yuzasidan erkin muloqotga kirishishlariga xizmat qiladi, – deydi podpolkovnik Ibrohim Hamdamov. – Sohada boʻlayotgan oʻzgarish va yangilanishlar toʻgʻrisida ham xabardor boʻlyapmiz. Muammoli vaziyatlarni hal etish, bunda eng avvalo inson omilini birinchi oʻringa qoʻyish borasida ham tegishli xulosalar qilinyapti.

nocomments