Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bugun, 19-fevral kuni Toshkent shahrida “Men gʻolib”  shiori ostida 10 kilometr masofaga ommaviy yugurish musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Qurolli kuchlar kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlari, kursantlari va tinglovchilari ishtirok etishdi. Marafonning asosiy maqsadi oʻsib kelayotgan yosh avlodni sportga qiziqtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari oʻrtasida doʻstona sport aloqalarini rivojlantirish, sport bilan muntazam shugʻullanish va yugurishni ommalashtirishdan iborat.

Marafonda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat havfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Prezident Davlat xavfsizlik xizmati jamoalari qatnashib, barchada yorqin kuch sifatida taassurot qoldirdi.

Musobaqada Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalaridan 20 nafardan va Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining Oliy harbiy taʼlim muassasalaridan 20 nafardan sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqaga tonggi soat 8:00 da start berildi.

Mudofaa vazirligi jamoasidan yakka tartibda oʻgʻil bolalar ichida 1-oʻrinni katta leytenant Nuriddin Rahmonov, 3-oʻrinni III darajali serjant Ilhom Nazarov,  qizlar ichida 1-oʻrinni kichik serjant Iroda Olimovalar band etishdi.

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari Oliy harbiy taʼlimi muassasalari oʻrtasida esa Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Javohir Xoliqberdiyev 1-boʻlib finishga yetib keldi va jamoadoshlari koʻrsatgan yaxshi natijalar hisobiga koʻra Qurolli Kuchlar akademiyasi 1-oʻrinni egalladi.

Marafon yakunida musobaqaning mutlaq peshqadamlari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Eng quvonarlisi, Mudofaa vazirligi nafaqat vazirliklar oʻrtasida, balki marafonning mutlaq gʻolibi sifatida kubok sohibiga aylandi.

nocomments