Bugun Qurolli Kuchlar akademiyasi har qachongidan ham gavjum boʻldi. Bu yerda Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida poytaxt umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” deb nomlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida oʻquvchilarga mamlakatimizdagi oliy harbiy taʼlim muassasalari, Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.

Akademiya boshligʻi polkovnik Bobur Shoyoqubov oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Akademiya faoliyatiga bagʻishlangan maxsus film katta qiziqish bilan kutib olindi. Faol oʻquvchilarning ragʻbatlantirilishi kutilmagan voqea boʻldi.

Shuningdek, oʻquvchilar zamonaviy oʻquv sinflari, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar.

Uchrashuv oʻquvchilarga bir olam unutilmas taassurotlar qoldirgani ularning quvnoq gʻovurlaridan ham anglashilib turardi.

nocomments