Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini koʻtarinki va mazmunli oʻtkazish maqsadida haftaning har juma kuni ochiq eshiklar kuni sifatida belgilab qoʻyilgan.

Mazkur vazifa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Qurolli Kuchlar akademiyasida ertamiz egalari ishtirokida oʻtgan navbatdagi ekskursiya ham ana shunday saʼy-harakatlar sirasiga kiradi.

This is the heading

Ekskursiya davomida oʻquvchi yoshlar akademiya faoliyati, kursantlarning yashashi va bilim olishi uchun yaratib berilgan imkoniyatlar hamda buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, harbiy yurishlari aks ettirilgan tematik sinflar bilan yaqindan tanishdi. Milliy armiyamizning kecha va bugunini oʻzida mujassam etgan akademiya muzeyi esa oʻquvchi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Bundan tashqari yoshlar jangovar texnikalar hamda oʻqotar qurollar trenajyor komplekslarida boʻlib, amaliy mashgʻulotlarda oʻzlarini sinab koʻrishdi. Jarayonda mutaxassislar ham bevosita ishtirok etib, harbiy texnikalarni boshqarish boʻyicha maktab oʻquvchilariga tegishli maʼlumotlar berishdi.

This is the heading

Kutilmagan voqealarga boy boʻlgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻquvchi yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

nocomments