ona tilimiz — o‘zligimiz timsoli, milliy qadriyatlarimizning ajralmas bo‘lagidir. Shu bois, O‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, yoshlar orasida savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida kuni kecha Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganligining 36 yilligiga bagʻishlab Milliy tiklanish partiyasi bilan hamkorlikda diktantlar tanlovi o‘tkazildi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining katta saf maydonida tashkil etilgan mazkur “Ommaviy diktant” yozish talovida universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan 600 ga yaqin kursantlar hamda o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.
Bayram arafasida oʻtkazilgan “Til millat koʻzgusi” rukni ostidagi ushbu tanlovda kursantlar ona tilimiz – oʻzbek tili ham asrlar osha oʻz sofligini, oʻziga xos jihatlarini saqlab, sayqallanib, yashab kelayotgan dunyodagi oʻnlab tillardan biri ekanligini namoyon etishdi.
Tanlov davomida ishtirokchilarga o‘zbek adabiyoti durdonalaridan tayyorlangan diktant matnlari yozdirildi. Baholash jarayonida kursantlarning imloviy savodxonligi, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari, hamda matnni aniq va xatosiz ifodalash qobiliyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan kursantlarga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti.



