🔸 Bugun, 4 sentyabrdan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Oliy harbiy taʼlim muassasalarda yangi 2024-2025-o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar akademiyasida tantanali miting bo‘lib o‘tdi.
🔸Unda akademiya boshlig‘i, bakalavriat va magistraturaning 1-bosqichiga qabul qilingan kursant va tinglovchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, o‘qish jarayonlarida omad tiladi. Shu bilan birga, tegishliligi bo‘yicha masʼullarga taʼlim jarayoni sifatini yana-da oshirish bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi.