Shu yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishda yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, masʼullarga mazkur yoʻnalishda bajarilishi lozim boʻlgan bir qator muhim topshiriqlar berildi.
Xususan, belgilangan topshiriqqa muvofiq Mudofaa vazirligiga 1 million yoshlarni otaliqqa olish, bu ishlarni respublikamizning 1-sektorlari bilan hamkorlikda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan edi.
Unga muvofiq, Qurolli Kuchlar akademiyasida ham otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tartibi aniq belgilab olinib, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish asnosida huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar muvofiqlashtirib olindi.
Belgilangan chora tadbirlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda harbiy xizmatchilari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yosh bo‘yicha otaliqqa olingan yoshlarning umumiy ro‘yxati shakllantirilib, shakllantirilgan ro‘yxat asosida mahallarida manzilli xonadonbay o‘rganib, so‘rovnoma blankasi to‘ldirib chiqildi.
O‘tkazilgan aniq va maqsadli so‘rovnomalarga ko‘ra, yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat kabi ezgu tuyg‘ularni shakillantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Axborot xizmati