Shu kunlarda bahor yosharish va yangilanish faslida nishonlanayotgan Navro’z umumxalq bayrami arafasida bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish hamda yoshlarni ona yurtga sadoqat va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor o’qituvchilari tomonidan ham keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda! Ana shunday tadbirlardan biri Mirzo Ulug’bek tumani “Alpomish” mahallasida mahalla yoshlari ishtirokida o’tkazildi!

Tadbir avvalida harbiy orkestr,  faxriy qorovul va qo‘l jangi chiqishlari hamda sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, turnikda tortilish, estafeta turlari hamda qo’shiq aytish va raqsga tushish bo‘yicha ijodiy tanlovlar o’tkazildi, bahor milliy taomi sumalak tayyorlanib, Yashil makon milliy dasturi asosida mevali daraxtlar mahalla guzariga ekildi! Tadbir yakunida sport musobaqalari va ko’prik tanlov g’oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar!

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments