Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi o‘ta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar berdi. Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, o‘z vaqtida hal etish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bunga birgina misol, Xorazm viloyatining “Yangiariq” umumqo‘shin polegonida  18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida 2 kunlik o‘quv yig‘ini tashkil etildi. O‘quv yig‘inida Qurolli Kuchlar Akademiyasining harbiy xizmatchilari, Horazm viloyati xokimligi, Xorazm viloyati prokuraturasi vakillari hamda  Xorazm viloyati Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Tadbirni tashkil qilishdan maqsad, joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganib o‘z vaqtida hal etish, va harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olishдан iborat.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments