Qurolli Kuchlar Akademiyasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tanatanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirni Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ochib berdi va mudofaa vazirining ayol-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng Qurolli Kuchlar xizmatchilari munosib taqdirlandi.

Sharafli kasb – harbiylikni tanlab, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan ayollarimizdagi fidoyilik, burchga sadoqatni koʻrganimizda koʻngildan cheksiz faxr, iftixor tuygʻulari kechadi.

Tadbirda soʻz olganlar Qurolli Kuchlar, tizimda olib borilayotgan islohotlarga urgʻu berar ekan, ayol harbiy xizmatchilarning erishayotgan yutuqlarini, qoʻlga kiritayotgan natijalarini, kasbiy mahorati va tajribasini alohida eʼtirof etdi.

Qurolli Kuchlar Akademiya harbiy orkestri hamda xonandalar ijrosidagi konsert dasturi kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments