Ummon Sultonligi Milliy mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilari delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga Admiral Ali Abdullah Mohammed Al Shidi boshchiligidagi Ummon Sultonligi Milliy mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif avvalida delegatsiya a’zolari Akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng, 2 davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. o‘zaro Savol javob va samimiy ruhda tashkil etilgan tadbirdan so‘ng, mehmonlar Akademiya muzeyi, Axborot resurs markazi, kursantlar batalyoni va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

nocomments