Joiriy yilning 19 oktyabr sanasida  O‘R Qurolli Kuchlari Akademiyasiga Pokiston Islom  Respublikasi Mudofaa vazirligi хalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general mayor Muneer id-Din boshchiligidagi delegatsiya a’zolari  tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Akademiya boshlig‘i polkovnik Bobur Shayakubov  kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari va aloqador tashkilot, hamda vazirlik-idora vakillari Akademiya muzeyi, Axborot resurs markazi, o‘quv sinflari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida Pokiston Islom Respublikasi delegatsiya a’zolari Akademiyaga taklif qilishgani uchun Akademiya rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments