Bugun, 5-aprel kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida Sohibqiron Amir Temur tavaluddining 687 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda akademiya ilmiy tadqiqotchilari, shuningdek, AQSH, Rossiya, Belarus, Bangladesh, Xitoy, Germaniya, Italiya, Pokiston, Turkiya, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Tojikistondan tarixchi olimlar, professorlar, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari, tilshunoslar zum platformasi orqali online ishtirok etdi.

Tadbirni Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i polkovnik Bobur Shayakubov ochib berar ekan, buyuk va qudratli davlatchilik barpo etishda Sohibqironning sarkardalik mahorati, uning jang taktikasi, strategik yondashuvlari haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng o‘zbek va jahon olimlarining “Sohibqiron sarkardalari safida vorislikning namoyon bo‘lishi”, “Amir Temurning To‘xtamish bilan jangi”, “Temur qo‘shinlarining jang olib borish tartibi va taktikasi”, “Amir Temurning 1398-yil hind yurishida namoyon bo‘lgan qo‘mondonlik uslubi” kabi mavzularda ma’ruzalari tinglandi.

Harbiy ilmiy konferensiya davomida Amir Temur shaxsi, sarkardalik faoliyati, davlat boshqaruvidagi o‘ziga xos jihatlari yana bir bor kashf etildi. Ayniqsa, konferensiya yosh tadqiqotchilar uchun yangi bilimlarni egallash va o‘zaro axborot almashishiga imkon yaratdi.

Anjuman yakunida konferensiya ishtirokchilariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

nocomments