O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti akademiya kursantlari bilan “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari — kecha va bugun” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda qadimdan to hozirgi kungacha boʻlgan davrda Qurolli Kuchlarimiz shakllanishi jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, uning asosiy bosqichlari, mustaqillik davrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanishi va rivojlanishi haqida tarixiy maʻlumotlar muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar harbiylar va kursantlar tomonidan Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur oʻrganish, ushbu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ish­la­ri­ni faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdod­larimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va oʻz xalqi bilan gʻururlanish tuygʻusini shakllantirish asosida milliy oʻzlikni anglash hissini mus­tahkamlash muhimligini taʻkidladilar.

Davra suhbati kursantlarda katta qiziqish uygʻotdi, ularda ilmiy izlanish koʻnikmalarini hosil qilishga oʻz hissasini qoʻshdi. Kursantlar tomonidan berilgan savollarga institut ilmiy xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

nocomments