Konstitutsiya – davlatning asosiy qomusi. U davlat, hukumat organlari faoliyatining tartib va tamoyillari, shuningdek, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi vositadir. Ona Vatanimiz istiqlolga erishgan dastlabki yillardan boshlab oʻz milliy qonunchiligini yaratish va qabul qilish borasida oʻzining dadil qadamlarini tashlab kelmoqda. Ana shunday dadil qadamlar samarasi oʻlaroq bosh qomusimiz yurtimizda yashab kelayotgan insonlarning tengligi, ularning tili va dini, urf-odatlari hamda milliy qadriyatlarimizning garovi sifatida barchaga birdek xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar akademiyasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish borasida soʻz yuritdi. Shuningdek, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etishda barcha soha vakillari hamqadam boʻlishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar akademiyasida xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar ham tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida “Impuls” jamoasining musiqiy chiqishlari kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi

nocomments