8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida “Konstitutsiya — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolatidir!” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Unda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Mudofaa vazirligi Tibbiyot akademiyasi hamda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining kursantlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashdi.

Bahs va munozaralarga boy tarzdi oʻtgan intelektual o‘yin yakunida gʻolib jamoalari nomi aniqlandi. Unga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi oʻringa Qurolli Kuchlar akademiyasi va Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti jamoalari loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikka Mudofaa vazirligi Tibbiyot akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari yakun yasadi.

Musobaqa soʻngida “Impuls” harbiy ansambil honandalari tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari barchaning koʻngliga xush kayfiyat ulashdi.

nocomments