O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Yevropa va xavfsizlik tashkiloti ko‘magida “Xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy rivojlanish kontekstida mintaqaviy hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosatida yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlini mustahkamlash belgilangan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida qator davlatlar, jumladan, AQSH, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, shuningdek, BMT, SHHT, MDH va YXHT bilan faoli hamkorlik olib bormoqda.

Bugungi xalqaro anjuman ham shu kabi sa’y-harakatlarning mazmuniy davomi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov, boshqa kuch tuzilmalari vakillari, YXHTning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans Ulrix Im ishtirok etdi.

nocomments