Poytaxtimizdagi «Adiblar xiyoboni» bogʻida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining bir guruh kursantlari hamda oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida 21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Mansur Jumayev soʻzga chiqib, Vatan himoyasi davlat himoyasi uchun qanchalar muhim boʻlsa, til himoyasi millat uchun shunchalik ahamiyatli ekanini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, shoir oʻzbek tili barcha turkiy xalqlar oʻrtasida muhim muloqot tili boʻlib borayotgani, buning amaliy isbotini xorijiy mamlakatlarga qilgan safarlari misolida kursantlarga soʻzlab berdi.

Uchrashuv doirasida kursantlar va oʻquvchilar oʻrtasida oʻzbek til va vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar tashkil etildi. Tadbir Hazrat Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyish hamda kursant va oʻquvchilar mushoirasi bilan davom etdi.

nocomments