Bugungi kunda Mudofaa vazirligi qo’shinlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko’tarish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat, mustaqillikka sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan qator chora tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Qurolli Kuchlar akademiyasida milliy qadriyat va an’analar asosida harbiy xizmatchilarda mardlik, matonat, burchga sadoqat kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni yanada yuksaltirish maqsadida “Keksalarni e’zozlash haftaligi” doirasida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Ahmedov hamda bir guruh faxriylar, akademiya ofitserlari, kursantlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kursantlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va Vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yo’lida bor salohiyati bilan ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo’lgan avlodni tarbiyalash borasida fikrlarni o‘rtaga tashlashdi. Bu ishlarda faol bo‘lgan Qurolli Kuchlar akademiyasiga minnatdorchilik bildirdi. Yoshlarga o‘tgan kunimizdan faxrlanish, bugungi kunga shukrona keltirish va ertangi kunimizga ishonch bilan yuzlanish to‘g’risida tavsiyalar berib o‘tdi.

nocomments