Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Harbiy–pedagogik faoliyatni takomillashtirishda ofitser–oʻqituvchi kompetensiyalari” mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya boʻlib oʻtdi. Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan respublika miqyosidagi ushbu konferensiyada oliy harbiy taʼlim jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish, rejalashtirish va oʻtkazish, muammo hamda ularning yechimi boʻyicha fikrlar almashildi.

– Qurolli Kuchlarimiz uchun malakali mutaxassislarni, yuksak intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega boʻlgan harbiy kadrlarni tayyorlash bugunning dolzarb talablaridan biridir, – deydi polkovnik Zohid Yunusov. —Chunki, zamonaviy ofitser chuqur intellektual qobiliyatli, keng dunyoqarashli, oʻz bilimi, shaxsiy namunasi bilan boʻysunuvchilariga taʼlim va tarbiya bera oladigan pedagog boʻlishi zarur. Bu ishlarni amalga oshirishda harbiy taʼlim muassasalari va ularda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻrni beqiyos.

Konferensiya soʻngida bir qator ofitser–oʻqituvchi va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga akademiya boshligʻining tashakkurnomasi topshirildi.

nocomments