Mahallalardagi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda.Bugun, 10-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy xizmatchilarning oilalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, chuqur kasbiy mahorat va yutuqlar, ijodiy salohiyat hamda axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan eng namunali harbiy oila bekalarini aniqlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiylar oilalari oʻrtasida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlovda mayor Sherzod Boymurodovning turmush oʻrtogʻi Gulabzal Sevinova faxrli 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga biriktirilgan Mirzo Ulugʻbek tumani Darxon MFY yoshlar yetakchisi Zebo Jabborova tashabbusi bilan 30 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdi. Tadbirdan keyin yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida akademiya boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Akademiyada muzeyida ularga tarixiy eksponatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.Yoshlar akademiya faoliyati bilan tanishib, chuqur taasurotlarga ega boʻlib, oʻquv trenajorlarda amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

nocomments